Adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti bu safar yozuvchiga berildi

Jamiyat 18:00 / 05.10.2017 14391

Britaniyalik yozuvchi, kelib chiqishiga ko‘ra yapon bo‘lgan Kadzuo Isiguro adabiyot bo‘yicha 2017 yilgi Nobel mukofoti sovrindori bo‘ldi. Bu haqda mukofot rasmiy saytida ma'lum qilingan.

Isiguro «Kunning qolgan qismi» (The Remains Of The Day), «Meni qo‘yib yuborma» (Never Let Me Go) va «Dafn etilgan ro‘dapo» (The Buried Giant) kabi asarlar muallifi sanaladi.

Mukofotni topshirish marosimi 10 dekabr kuni Alfred Nobel vafot etgan kunda Stokholm shahrida bo‘lib o‘tadi.

Nobel mukofotining 2017 yildagi miqdori to‘qqiz million shved kronasigacha (1,12 million dollar) oshirilgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili adabiyot bo‘yicha Nobel ameriklik qo‘shiqchi Bob Dilanga «Amerika qo‘shiqchilik an'anasi doirasida yangi poetik iboralarni yaratgani uchun» berilgandi. Ammo qo‘shiqchi mukofotni olish uchun Stokholmga borishdan bosh tortdi.

Ko‘proq yangiliklar: