2018 yilda birinchi arab sun'iy yo‘ldoshi ishga tushiriladi

Fan-texnika 14:30 / 05.10.2017 5948

Birlashgan Arab Amirliklari 2018 yilning yozida mamlakatning o‘zida ishlab chiqarilgan Yerning birinchi sun'iy yo‘ldoshini ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Bu haqida BAA Kosmik agentligining bosh direktori Muhammad Nosir Al-Ahbobiy RIA "Novosti"ga ma'lum qilgan.

"Kelgusi yilda Amirlik fotos'yomkalar uchun mamlakatning o‘zida amirlik muhandislari tomonidan ishlab chiqarilgan Khalifa-Sat sun'iy yo‘ldoshini ishga tushiradi. O‘ylashimcha, bu 2018 yilning yoz oylariga to‘g‘ri keladi", - deydi Al-Ahbobiy. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, BAA sun'iy yo‘ldoshni ishlab chiqarish uchun boshqa mamlakatlar, shu jumladan Janubiy Koreya bilan hamkorlik qilgan. Ta'kidlash joizki, Amirlik muhandislari ta'lim olish uchun 5 yil muddatga Janubiy Koreyaga jo‘natilgan. Ilk amirlik sun'iy yo‘ldoshi Koreya Respublikasida ishlab chiqarilgan, ikkinchisi esa — DubaiSat — BAA va Koreyada (50/50). 

Al-Ahbobiyning ta'kidlashicha, Amirlikning yana bir aloqa sun'iy yo‘ldoshi - Yahsat'ni 2018 yilning yozida ishga tushirish rejalashtirilgan. Bundan tashqari, uch yil davomida yana olti sun'iy yo‘ldoshi yaratilishi ko‘zlangan.

Ko‘proq yangiliklar: