Poroshenko Donbassning maxsus maqomini uzaytirishni taklif qildi

Jahon 21:15 / 04.10.2017 7558

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko o‘zini mustaqil deb e'lon qilgan Donetsk va Lugansk viloyatlaridagi mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish maxsus tartibini "Donbassni reintegratsiya qilish" qonuni kuchga kirgach bir yilga uzaytirish taklifi bilan chiqdi.    

Ma'lum qilinishicha, maxsus maqomning uzaytirilishi "Donetsk va Luganskning ba'zi hududlarida BMTning tinchlikparvar operatsiyalarini qo‘llash uchun zarur sharoitlarni" yaratishga qaratilgan. Kiyevning maqsadi nazorati ostida bo‘lmagan hududlarni ozod qilish va konstitutsiyaviy tuzumni tiklashdan iborat.  

Qonun loyihasida aytilishicha, Donetsk va Lugansk viloyatlari hududlarining "vaqtinchalik bosib olinishi noqonuniy hisoblanadi" va "hech qanday hududiy huquqlarni" yaratmaydi.

Ko‘proq yangiliklar: