«Navbahor»ga berilgan jazo, paxta dalasidagi futbolchilar, Pike-Ramos janjali va kunning boshqa muhim voqealari

Sport 09:20 / 04.10.2017 19745

3 oktabr sanasida futbol olamida ko‘plab e'tiborga molik voqealar kuzatildi. Tribuna.Uz ularni bitta joyga jamladi

Kunning asosiy yangiligi so‘zsiz PFLning Namangandagi voqea bo‘yicha chiqargan qarori bo‘ldi. Biroz turib tashkilot «Navbahor» to‘laydigan jarima summasini ham oshkor qildi.

O‘z navbatida «Navbahor» klubi rahbariyati ham favqulodda yig‘ilish chaqirib tegishli xodimlarni jazoga tortdi.

«Navbahor» jazoga tortilgan paytda, kichik tanaffusdan foydalanib, qo‘qonlik futbolchilar paxta dalasiga chiqib hasharchilarga yordam ko‘rsatishdi.

Yevropada esa Kataloniya Ispaniya muammosi futbolda o‘z akskini topishda davom etmoqda. Bu safar Ispaniya terma jamoasi lagerida futbolchilar Serxio Ramos va Pike janjallashib ketishdi. Ramos Pikeni terma jamoadagi muhitni buzishda aybladi.

Ispaniya bilan bitta guruhdan joy egallagan Italiya esa terma jamoaning timsoliga o‘zgartirishlar kiritdi. Logotipda bir qator sezilarli o‘zgarishlar amalga oshirildi.

Terma jamoa kabi o‘zgarishni istayotgan «Milan» esa Vinchentso Montellaning ishidan qoniqmagan holda yangi murabbiy izlashni boshlab yubordi. Hozircha ikki ishsiz yurgan nomzodlar bilan og‘zaki gaplashib olindi.

Shu bilan birga boshqa manbada jamoa Antonio Konteni ortga qaytarmoqchi ekani haqida yozdi.

«Bavariya» esa murabbiy izlab-izlab yo‘li yana Kataloniyaga tushdi. Endi myunxenliklar Gvardiolaga yaqinroq uslubga ega «Barselona» sobiq bosh murabbiyi Luis Enrikeni olib kelishmoqchi.

Bu orada esa «Liverpul» qishdayoq Virjil van Deyk transferi bo‘yicha qaytishi va himoyachilar transfer rekordi yangilanishi mumkinligiga ishora qilindi.

Ko‘proq yangiliklar: