Rada deputati Poroshenko va Avakov o‘rtasidagi ziddiyat haqida so‘zlab berdi

Jahon 10:20 / 03.10.2017 7850

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko va ichki ishlar vaziri Arsen Avakov o‘rtasida Poroshenko prezidentlik lavozimini egallagan birinchi kundanoq mavjud. Bu haqda vazirning sobiq maslahatchisi, deputat Anton Gerashenko so‘zlab berdi.

Gerashenkoning aytishicha, ular o‘rtasidagi mojaroning sababi ular tomonidan xavfsizlikni ta'minlash masalalari va jinoiy tergovlar o‘tkazilishi borasida turli qarashlar mavjudligidir. 

"Prezident huquq-tartibot idoralari ustidan barcha hokimiyatni o‘z qo‘llariga olmoqchi bo‘lgan", deb aytdi deputat va bu borada Avakovning fikrini qo‘llab-quvvatlashini qo‘shimcha qildi.

Avvalroq o‘z mustaqilligini e'lon qilgan DXRning tezkor qo‘mondonligi qo‘mondoni o‘rinbosari Eduard Basurin agar Avakov is'yefoga chiqariladigan bo‘lsa, davlat to‘ntaruvini amalga oshirishni rejalashtirayotganini aytgan.

Basurinning aytishicha, Poroshenko va Avakov o‘rtasidagi ziddiyat sababli ichki ishlar vazirligidagi bir qator mansabdor shaxslar ketgan, ba'zilariga nisbatan esa jinoiy ishlar qo‘zg‘atilgan. Basurinning qo‘shimcha qilishicha, Avakov tagidagi kursini yo‘qotishi mumkinligini his qilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: