Namangandagi mojaro, Ispaniyaga qarshi chiqayotgan «Barselona», Abramovning iqrori va kunning boshqa asosiy voqealari

Sport 07:54 / 03.10.2017 60882

Oktyabr oyining ikkinchi kuni ham voqealarga boy bo‘ldi. Tribuna.Uz odatiga ko‘ra, ularni bir joyga to‘plab chiqdi.

Kunning eng ko‘p muhokamasiga sabab bo‘lgan voqea bu Namangandagi mojaro bo‘ldi. «Paxtakor»ga qarshi o‘yindan so‘ng «Navbahor» muxlislari mehmonlardan tarixdagi alamlarini olishga uringan va o‘rtada og‘zaki janjal yuzaga kelgan.

Oliy liganing bugungi kundagi bu voqealariga munosabat bildirib turilganida «Neftchi» bosh murabbiyi Vadim Abramov o‘tmishga qaror qildi va o‘z vaqtida «Traktor» murabbii bo‘lganida, unga o‘yinni kelishish taklif qilinganini tan oldi.

Yevropada esa Kataloniyaning mustaqilligi masalasi hamon davom etmoqda. Uning futbolga keltiradigan zararlari tahlil qilib chiqildi. Pep Gvardiola va Pike o‘z fikrlarini aytdi. Pike esa hattoki ko‘ziga yosh ham oldi. Bu orada «Barselona» prezidenti Bartomeu Kataloniya mustaqil bo‘lsa, «Barselona» ligani tark etishimumkinligiga ham ishora qildi.

Bu ham yetmagandek, klub ertaga butunlay faoliyat yuritmasligini va Kataloniya bo‘ylab o‘tkaziladigan namoyishlarga qo‘shilmoqchi ekanini bildirdi.

Agar Kataloniya mustaqil bo‘lsa, uning terma jamoasi qanda ko‘rinish olishi tahlil qilib chiqildi. Yevropada yaxshigina natijaga erishishi mumkin bo‘lgan jamoa paydo bo‘lishini kutishimiz mumkin.

Bu orada Anchelottining ketishi bilan yelkasiga shamol tekkan «Bavariya» futbolchilari undan nolishga tushdi. Robben undan ko‘ra bolalar futbolidagi shug‘ullanishni afzal bilishini aytdi. O‘z navbatida Anchelotti yaqin 10 oy davomida ishlash niyati yo‘qligini maslahat berdi.

Balki terma jamoadan taklif tushsa ishlarsiz, papa Karlo? O‘rin bo‘sh termalar bor...

Ko‘proq yangiliklar: