Betomax’dan tanlov: Toshkentni suratga ol va planshet sohibiga aylan!

Light 10:10 / 03.10.2017 12170

Bobur nomidagi Markaziy Ekoparkning ochilishi shahrimizning ijtimoiy hayotidagi o‘zgarishlardan dalolat beradi. Maydoni 12 gektarga teng bo‘lgan park noyob landshaft, zamonaviy sport maydonchalari, arxitekturaning yangi yechimlarini o‘zida mujassam etgan.

«Betomax» kompaniyasi ushbu o‘zgarishlarga o‘z ulushini qo‘shdi. Aniqroq qilib aytganda, shahrimizga bo‘lgan muhabbat izhori ifodasi ramzi sifatida I love Tashkent installyatsiyasini barpo etdi.

Insonlarga hurmat, tabiatni asrash, bunyodkorlik hissi, umuman olganda barcha baxtiyor yashaydigan jamiyatni qurish istagi har bir fuqaroga yaqin va tanish.

Mamlakatimizning yanada go‘zal, zamonaviy ko‘rinish kasb etishi yo‘lida korxona yuqori sifatli temir-beton mahsulotlarini ishlab chiqaradi. Ularning vositasida O‘zbekistonda yildan-yilga yangi uylar, zavodlar, yo‘llar va ko‘priklar qad ko‘tarmoqda.

«I LoveTashkent» art-obekti o‘rnatilishiga bag‘ishlab, ushbu installyatsiya ko‘rinishi tushirilgan fotosuratlar tanlovi e'lon qilinadi. G‘olib sovg‘a sifatida planshet bilan taqdirlanadi. Tanlov shartlari bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.

Batafsil: facebook.com/betomax.uz

Reklama huquqi asosida.

Ko‘proq yangiliklar: