Jasurbek Ibrohimov ishi bo‘yicha sudlanuvchi guvohlarning ayrim ko‘rsatmalarini tasdiqlamadi

Jamiyat 20:20 / 02.10.2017 44384

2017 yil 2 oktabr kuni Jinoiy ishlar bo‘yicha Toshkent shahar Mirobod tumani sudida P.Borovskiy nomli tibbiyot kolleji talabasi Jasur Ibrohimov o‘limi yuzasidan sud majlisining 3-kuni bo‘lib o‘tdi. Unda sud majlisi raisi sudya M.Matchanov, davlat ayblovchisi Akromov, sudlanuvchi va uning advokati Toxirov, jabrlanuvchi N.Aliyeva hamda advokati Ismoilova, keng jamoatchilik, OAV vakillari qatnashdi. 

Sudning 3-kungi majlisida mazkur jinoyat ishida guvoh sifatida qatnashayotgan, P.Borovskiy kollejining 3-bosqich talabalari Boyzatov Timur va Sobirov Begzod ko‘rsatmalari tinglandi.

Ikki guvohning ko‘rsatmasidan so‘ng, sud raisi, prokuror, sudlanuvchi va jabrlanuvchi advokatlari o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan guvohlarga murojaat qilishdi.

Qayd etish joizki, guvohlar ko‘rsatmalarining ayrim joylarida bir-biriga zid bo‘lgan qismlar mavjud edi. Sud raisi majlis so‘ngida sudlanuvchi I.To‘laganovga murojaat qilib, guvohlarning ko‘rsatmalarini tasdiqlashi yoki rad etishi xususida fikrini so‘radi.

Sudlanuvchi Islombek To‘laganov ikki guvohning umumiy ko‘rsatmalarini tasdiqlagani holda, T.Boyzatovning ayrim ko‘rsatmalarini inkor etdi. 

Ushbu ish bo‘yicha navbatdagi sud majlisi 2017 yil 5 oktabr kuni bo‘lib o‘tishi belgilandi. 

Ko‘proq yangiliklar: