BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashi maxsus ma'ruzachisi O‘zbekistonda

O‘zbekiston 18:20 / 02.10.2017 6668

2017 yilning 2 oktabr kuni Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov O‘zbekistonga tashrif buyurgan BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashining din va e'tiqod erkinligi masalasi bo‘yicha maxsus ma'ruzachisi Ahmad Shahidni qabul qildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekistonning Birlashgan Millatlar Tashkiloti va uning ixtisoslashtirilgan muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risida batafsil so‘z yuritildi.

Uchrashuvda BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashi maxsus ma'ruzachisining mandatiga kiradigan mavzular bo‘yicha hamkorlik masalalariga asosiy e'tibor qaratildi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning hozirda dolzarb muammolarni hal qilishga qaratilgan diniy sohadagi xalqaro tashabbuslari to‘g‘risida Ahmad Shahidga batafsil ma'lumot berildi.

Suhbatda o‘zaro tushunish tamoyillariga asoslangan konstruktiv muloqotni davom ettirishdan ikki tomon ham manfaatdor ekanligi tasdiqlandi.

Ko‘proq yangiliklar: