KXDRning foydali qazilma boyliklari hisoblab chiqildi

Jahon 11:30 / 01.10.2017 29862

Ekspertlar KXDRning foydali qazilma boyliklarini 2,79 trillion dollarga baholashdi. Bu haqda Janubiy Koreyadagi Yonhap agentligi yer osti rudalari qazib olish bilan shug‘ullanuvchi Korea Resources kompaniyasi ma'lumotiga asoslangan holda xabar tarqatdi.

Tahlilchilarning hisoblashicha, KXDRdagi foydali qazilma boyliklari miqdori Janubiy Koreya zaminidagidan 14 barobar ko‘p. Bu boyliklarni qazib olish bilan 38 kompaniya shug‘ullanadi, shundan 33tasi xitoyliklarniki, shuningdek, Yaponiya, Fransiya hamda Shveytsariya firmalari bilan kelishuvga erishilgan. Seul esa 2010 yilda Pyongyang bilan biznes kelishuvlari amalga oshirishni to‘xtatgan. Bunga o‘shanda shimolliklarning torpedolari Chxonandagi harbiylarga yo‘llangani sabab bo‘lgandi. Bu hujum oqibatida 50 nafar janubiy koreyalik halok bo‘lgan, qurbonlarning 2 nafari tinch aholi vakillari bo‘lgandi.

Ko‘proq yangiliklar: