Amazon'da xarid qilish mumkin bo‘lgan eng qimmat 10 buyum

Light 15:20 / 01.10.2017 18043

Amazon.com deyarli hamma narsa xarid qilish mumkin bo‘lgan platforma hisoblanadi. Biroq qandaydir noyob yoki qimmatbaho buyum izlayotgan bo‘lsangiz ham, Amazon yordamga shay. The Street portali hozirning o‘zidayoq Amazon'dan sotib olishingiz mumkin bo‘lgan eng qimmat 10 buyumning ro‘yxatini tuzdi - hashamatli zargarlik buyumlaridan to qimmatbaho tarixiy fragmentlargacha. 

Foto: Amazon

Eng arzon buyum - olmoslar bilan ishlangan tennis bilakuzugi. U ro‘yxatdagi boshqa predmetlarga nisbatan ancha arzon hisoblanadi - atigi 23 999 dollar.

 

Foto: Amazon

Reytingning ikkinchi o‘rnidan beysbol to‘pi o‘rin olgan, biroq u - oddiy to‘p emas, mashhur shaxsning imzosi qo‘yilgan to‘p. Beysbol to‘pi Bosh liga tarixidagi eng yaxshi pitcherlardan biri hisoblangan Say Yang tomonidan imzolangan. Uni xarid qilish uchun 71 264,99 dollar to‘lashga to‘g‘ri keladi.

 

Foto: Amazon

Beysbolga oid yana bir atribut deyarli 100 ming dollarga baholanadi. Bu - New York Yankee o‘yinchisi Mikki Ment­l tomonidan imzolangan kartochkalar to‘plami. Raritet sizga 90 909,99 dollarga tushadi.

 

Foto: Amazon

Amazon'dagi eng qimmat buyumlar orasida uy jihozlari ham bor. "Niagara" deya nomlangan nafis Lladro qandilini 118 600 dollarga sotib olish mumkin.

 

Foto: Amazon

Ro‘yxatdan yana bir avtografli beysbol to‘pi joy olgan - u "Zarbalar sultoni" nomini olgan amerikalik beysbolchi Beyb Rut tomonidan imzolangan. U avvalgisidan ikki barobar qimmat — 142 537,99 dollar.

 

Foto: Amazon

Albatta, bu ro‘yxatda Shveytsariya soatlari ham mavjud. Patek Philippe Nautilus 40th Anniversary Limited Edition oq tilladan ishlangan va cheklangan kolleksiyadan o‘rin olgan. Ular xaridorga 180 985 dollarga tushadi.

 

Foto: Amazon

Yovvoyi G‘arbning amerikalik qonun himoyachisi Bet Mastersonning original bosma qo‘lyozmasi ham ancha yuqori baholanadi. Uning narxi - 212 500 dollar. 

 

Foto: Amazon

103 Amazing Facts About the Black Indian of the Western Hemisphere nomli yagona nusxadagi kitob ham ro‘yxatdan joy olgan, unda g‘arbiy yarimsharning haqiqiy tarixi haqida so‘z yuritiladi. Charm teridan ishlangan muqovali kitob 250 000 dollarga baholangan.

 

Foto: Amazon

Yana bir hashamatli Audemars Piguet shveysar soatlari Jules Audemars kolleksiyasiga kiradi. Ularning narxi - 269 995 dollar.

 

Foto: Amazon

Nihoyat, Amazon'dagi eng qimmatbaho buyum — "Eski qo‘rqinchli uy" dahshatli filmi uchun tayyorlangan original poster. Film 1932 yilda rejissyor Jyeyms Kit tomonidan ishlangan. Agar siz shunday buyumlarni yig‘ishga qiziqsangiz, u uchun 750 000 dollar sarflashingizga to‘g‘ri keladi.

Ko‘proq yangiliklar: