Turkmaniston rahbari korrupsiyaga qarshi kurashni kuchaytirish vazifasini topshirdi

Jahon 14:08 / 30.09.2017 7126

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning milliy xavfsizlik xizmati xodimlariga ushbu mahkamaning 26 yilligi munosabati bilan qilgan murojaatida aytilishicha, boshqa huquqni muhofaza qilish organlari bilan birgalikda korrupsiya hamda poraxo‘rlikka qarshi olib borilayotgan kurashni kuchaytirish va bu salbiy hodisalarni to‘liq bartaraf etish lozim. 

«Siz hozirgi zamon tahdidlari va chaqiriqlariga qarshi turishingiz, xalqaro terrorizm, ekstremizm, kiberjinoyatlar kabi xavfli hodisalarni mamlakatga kirishiga yo‘l qo‘ymasligingiz kerak», - deyiladi murojaatda.

Ilgari xabar berilganidek, bir qator vazirliklar va idoralarda ba'zi bir mansabdor shaxslarning rasmiy vakolatlarini suiiste'mol qilishi, poraxo‘rlik hamda kontrabanda holatlari fosh etildi.

Xususan, qishloq xo‘jaligi majmuasi va «Turkmankimyo» davlat konserni tuzilmalari faoliyatini tekshirish ishlari natijalari haqida hisobot berildi.

May oyi o‘rtalarida Turkmanistonda poraxo‘rlik va davlat mulkini talon-toroj qilish bilan bog‘liq holatlar bo‘yicha qator jinoyat ishlari ochilgandi.

«Turkmangaz» davlat konsernining gaz-kimyo majmuasini qurish bo‘yicha direksiyaning sobiq boshqarma rahbarlari, «Bayramali» o‘simlik yog‘ini ishlab chiqaruvchi oziq-ovqat sanoati davlat birlashmasi korxonasi va «Turkmansement» davlat birlashmasi Baxarlin sement zavodi jinoyat ishlari bo‘yicha tergov harakatlari hamda tadbirlari natijalari taqdim etildi.

Shuningdek, prokuratura xodimlariga nisbatan jinoyat ishlari bo‘yicha sud jarayoni yakunlari e'lon qilindi.

Ko‘proq yangiliklar: