Bayram oldidan xalq ta'limi vaziri ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi

O‘zbekiston 00:37 / 29.09.2017 11788

Poytaxtimizdagi Milliy matbuot markazida 1 oktabr – «O‘qituvchi va murabbiylar kuni» umumxalq bayrami munosabati bilan Xalq ta'limi vazirligi tomonidan «Ta'lim va tarbiya uyg‘unligi – barkamol avlodni shakllantirishning muhim omili» mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi, deb xabar beradi vazirlikning axborot xizmati.

Tadbirda Xalq ta'limi vaziri Ulug‘bek Inoyatov, mutasaddi boshqarma va bo‘lim boshliqlari, turli davlat mukofotlari bilan taqdirlangan ustoz va murabbiylar, «Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchi-2017» tanlovi g‘oliblari, hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Xalq ta'limi vaziri Ulug‘bek Inoyatov va boshqalar mamlakatimizda ustoz va murabbiylarni har tomonlama rag‘batlantirish, ular mehnatiga haq to‘lashni takomillashtirish, ta'lim mazmunining sifat va samaradorligini ko‘tarish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma'lumot berishdi.

Bugun respublikamizdagi 9680 ta umumta'lim maktabida jami 400 ming nafardan ziyod pedagog kadrlar faoliyat ko‘rsatadi. Tizimdagi 4893 ta maktabgacha ta'lim muassasasida 56 825 nafar, 211 ta «Barkamol avlod» bolalar markazida 6108 nafar ustoz va murabbiylar faoliyat ko‘rsatmoqda.

Foto: Xalq ta'limi vazirligi 

Xalq ta'limi vazirligi o‘qituvchi va pedagoglar orasida eng ilg‘or tajribalarni aniqlash va ularni ommalashtirish masalasiga alohida e'tibor qaratib keladi. «Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi», «Yilning eng yaxshi direktori», «Yilning eng yaxshi psixologi», «Yilning eng yaxshi metodisti», «Yilning eng faol ma'naviyat targ‘ibotchisi», «Yilning eng yaxshi chet tili o‘qituvchisi» va boshqa ko‘rik-tanlovlar orqali ilg‘or, tashabbuskor, ijodkor pedagoglar  tajribasi ommalashtirilmoqda.

Foto: Xalq ta'limi vazirligi 
Ko‘proq yangiliklar: