Pentagon rahbari Qatarga rejalashtirilmagan tashrifni amalga oshirdi

Fan-texnika 22:20 / 28.09.2017 4785

Pentagon rahbari Jyeyms Mettis Qatarga rejalashtirilmagan tashrifni amalga oshirdi. U bu yerda Qatar amiri Tamim bin Hamad Ol Soniy va mamlakat mudofaa vaziri Xolid al-Attiyya bilan uchrashdi. Bu haqda AQShning Dohadagi elchixonasi ma'lum qilgan.

Elchixona xabarida aytilishicha, uchrashuvda AQSh va Qatarning mustahkam harbiy aloqalari muhokama qilingan.  

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Qatar amiri bilan uchrashuvda undan Qatar terrorchilikni moliyalashtirishga qarshi kurash bo‘yicha qo‘shimcha qadamlar amalga oshirishini talab qilgandi. Shuningdek, uchrashuv chog‘ida Qatarning bir qator arab davlatlari bilan ixtilofi va AQSh hamkorlari o‘rtasida mintaqada birdamlikni tiklash muhokama qilingan. 

Ko‘proq yangiliklar: