O‘zbekiston TIV rahbari AQSh Davlat kotibi yordamchisi vazifasini bajaruvchisi bilan uchrashdi

O‘zbekiston 10:06 / 25.09.2017 3811

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov AQSh Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha yordamchisi vazifasini bajaruvchi Alis Vells bilan uchrashdi.

Suhbat chog‘ida siyosiy, savdo iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni chuqurlashtirish istiqbollari muhokama qilindi.

Tomonlar O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi ko‘p qirrali muloqotni yanada rivojlantirishga muhim ahamiyat qaratishlarini tasdiqladilar. Shu o‘rinda Prezident Shavkat Mirziyoyevning 19 sentabr kuni Nyu-York shahrida AQShning yetakchi firma va kompaniyalari vakillari bilan samarali uchrashuv va muzokaralari, 20 sentabrda o‘tkazilgan O‘zbekiston-AQSh biznes-forumining muvaffaqiyatli natijalari ikki davlat ishbilarmon doiralari o‘rtasida o‘zaro manfaatli aloqalarni kengaytirishga yangi turtki berishiga ishonch bildirildi.

Uchrashuvda to‘la shakldagi ikki tomon kun tartibining boshqa masalalari hamda xalqaro va mintaqaviy muammolar ko‘rib chiqildi.

Ko‘proq yangiliklar: