Turkiya mehmonxonasidagi janjal belorussiyalik sayyoh o‘limi bilan tugadi

Jamiyat 08:02 / 25.09.2017 6518

Turkiyaning Marmaris shahridagi mehmonxonada kelib chiqqan janjal fojiali yakun topdi. 17 nafar barmen bilan urishgan belorussiyalik sayyoh hayotdan ko‘z yumdi, deb yozmoqda Hurriyet nashri.

Nashrning aniqlik kiritishicha, 28 yoshli Viktor Xaladko alkogolli ichimlik ta'sirida bo‘lib, unga xizmat ko‘rsatishlarini talab qilgan. U bar yopilgani haqidagi so‘zlarni eshitishni ham istamagan. Dahanaki jang ur-yiqitga aylangan. Sayyoh pichoq bilan jigaridan jarohat olgan. Voqea joyiga yetib kelgan shifokorlar uning o‘limini qayd etishdi.

Mehmonxona ma'muriyati politsiya chaqirgan. Ayni vaqtda barmenni vaqtinchalik qamoqqa olish masalasi hal etilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: