Tramp 8 ta davlat fuqarolarining AQShga kirishi taqiqlanishiga izoh berdi

Jahon 08:08 / 25.09.2017 20945

AQSh prezidenti Donald Tramp 8 ta davlat fuqarolarining AQShga kirishi taqiqlanishini muhojirlarni xavfsiz tanlash imkoni yo‘qligi bilan tushuntirdi. 

"Mening birinchi raqamli ustuvor vazifam – Amerikaning xavfsiz bo‘lishini ta'minlashdir. Biz xafvsiz tanlovni amalga oshira olmaydiganlarni qabul qila olmaymiz", deb yozgan Tramp tvitterda.

Avvalroq Tramp bir qator davlatlar fuqarolariga AQShga kirish taqiqlanishini e'lon qildi. Bu taqiqlov Venesuela, Shimoliy Koreya va Chad fuqarolari uchun 18 oktabrdan kuchga kiradi. AQShga fuqarolari kirishi taqiqlanadigan davlatlar ro‘yxatida Eron, Yaman, Liviya, Suriya va Somali qoladi. 18 oktabrdan taqiqlov qat'iylashtiriladi va AQShdagi tanishi bilan isbotlangan aloqasi borlarga ham qo‘llanadi. Dastlabki ro‘yxatdan Sudan chiqarib tashlangan.   

7 ta davlat fuqarolariga immigratsion va noimmigratsion vizalar bilan kirish muzlatildi. Venesuela fuqarolari uchun taqiqlov davlat muassasalari xodimlari, ularning oila a'zolari, biznes va sayyohlik vizalari egalariga taalluqli bo‘ladi, qolgan turdagi vizalarga ega bo‘lganlarga qo‘shimcha cheklovlar kiritiladi. 

Ko‘proq yangiliklar: