Suriyada rossiyalik general halok bo‘ldi

Jahon 00:29 / 25.09.2017 36969

Suriyada rossiyalik general-leytenant Valeriy Asapov halok bo‘ldi. Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligiga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bergan.

IShID jangarilari Suriya qo‘shinlarining general joylashgan qo‘mondonlik punktini minomyotdan o‘qqa tutishgan. 

"Rossiyalik harbiy maslahatchilar guruhining yetakchisi general-leytenant Asapov Daur-az-Zorni ozod qilish operatsiyasida suriyalik qo‘mondonlarga yordam berayotgan bo‘lgan", deb aytilgan mudofaa vazirligida. Jangarilarning qo‘qqisdan hujum qilishi oqibatida Asapov mina portlashi oqibatida o‘lim bilan tugagan jarohat olgan. 

Ta'kidlanishicha, general-leytenant o‘limidan so‘ng davlat mukofotiga taqdim etildi.

Ko‘proq yangiliklar: