Shu kunlarni ham ko‘rdik. O‘zbekiston Osiyo chempionatiga chiqa olmadi

Sport 07:59 / 25.09.2017 25706

O‘zbekiston U-16 terma jamoasi OCh saralashi «A» guruhi 5-turida Saudiya Arabistoni U-16 termasiga 0:1 hisobida yutqazdi va kelgusi yili bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionati final bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmadi.

Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida OCh saralashi «A» guruhi bahslari yakunlandi va Osiyo chempionatiga yo‘l olgan jamoa aniqlandi.

Musobaqaning so‘nggi turida Saudiya Arabistoni U-16 terma jamoasiga qarshi maydonga tushgan O‘zbekiston U-16 terma jamoasi raqibiga kichik 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi va guruh bosqichi bahslarida uchinchi o‘rinni egallab OCh final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kirita olmadi.

Ta'kidlash lozim, ushbu guruhda Iordaniya terma jamoasi birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan holda Osiyo chempionati final bosqichiga yo‘llanma oldi. Saudiya Arabistoni terma jamoasi ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa ham, gollar nisbati tufayli ikkinchi o‘rin egalari orasida eng yaxshi beshta jamoa safiga kira olmadi va Osiyo chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmadi. Dilshod Nuraliyev bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston U16 terma jamoasi esa 7 ochko bilan guruh bosqichida uchinchi o‘rinni egalladi.

U-16 Osiyo chempionati saralashi.
«A» guruhi, 5-tur.

O‘zbekiston – Saudiya Arabistoni – 0:1.
Gol: 
Hassan Al Ali (80).

Turnir jadvalidagi vaziyat.

Ko‘proq yangiliklar: