Shotlandiyadagi muzeyda rassom Rubensning 400 yil avval yo‘qolgan surati topildi

Jahon 00:24 / 25.09.2017 5175

Shotlandiyaning Glazgo muzeyida rassom Piter Paul Rubens qalamiga mansub, Bekingemning birinchi gersogi, ser Jorj Vilers portreti aniqlandi.

Vilers yozuvchi Aleksandr Dyumaning "Uch mushketyor" asari qahramoni hisoblanadi. U 1620-yillarda Angliya hukumatiga boshchilik qila boshlagan. 

Surat 400 yil davomida yo‘qolgan deb hisoblab kelinardi. Britaniyalik san'atshunos Bendor Grovenor Glazgo muzeyida saqlanayotgan portret nusxa emas, balki 1625 yildagi surat ekanini isbotlay olgan.

Ushbu surat mutaxassislar tomondan o‘nlab million dollarlarga baholandi.

Ko‘proq yangiliklar: