Olmaliqda nafaqaxo‘r erkak yosh yigitni pichoqladi

Jamiyat 10:40 / 25.09.2017 8872

Joriy yilning 10 sentabr kuni soat 02.30 da Olmaliq shahar Ulug‘bek ko‘chasida joylashgan garajlar yaqinida rus millatiga mansub, yoshi taxminan 50-55 yoshlarda bo‘lgan noma'lum shaxs Olmaliq shahrida yashovchi, yollanma ishchi, 1976 yilda tug‘ilgan A.O‘. bilan o‘zaro janjallashib o‘tkir tig‘li jism bilan uni qorin qismiga bir marotaba urib tan jarohati yetkazib voqea joyidan yashiringan. Bu haqda Toshkent viloyati IIB xabar berdi.

Natijada A.O‘. olgan tan jarohati bilan Olmaliq shahar markaziy shifoxonasiga yotqizilgan.

Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida ushbu jinoyatni Olmaliq shahrida yashovchi, nafaqaxo‘r, 1949 yilda tug‘ilgan V.N. sodir etganligi aniqlanib, ushlandi. Tergovni IIB olib bormoqda.

Ko‘proq yangiliklar: