OAV: Turkiya Iroq bilan chegarani yopdi

Jahon 12:47 / 25.09.2017 7319

Turkiya hukumati Iroq bilan chegaradagi Xabur o‘tkazish punktini yopdi. Bu haqda Hurriyet gazetasi xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, chegara kirib kelayotgan iroqliklar uchun yopilgan. Bunday qaror Turkiya vazirlar kengashi tomonidan qabul qilingan bo‘lib, mamlakatdan Shimoliy Iroqdagi tovarlarning 70 foizi olib kirilishi aytilmoqda.

Shuningdek, Turkiya Xabur tumanida harbiy mashqlar o‘tkazmoqda.

Avvalroq Iroq Kurdistonida mustaqillik referendumi boshlangani, Turkiya bu borada bayonot bergani xabar qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: