Milliarderlarning uzoq yo‘li: jahonning eng yirik biznesmenlari karerasi nimadan boshlangan?

Light 09:35 / 25.09.2017 22018

Savdo sohasida ishlash insonning ishbilarmonlik sifatlarini yuksaltiradi va Forbes jurnali ro‘yxatiga tushishda yordam beradi, deb hisoblashmoqda ekspertlar.

Forbes ma'lumotlariga ko‘ra, jahonning eng boy 100 nafar insoni 2,3 trillion dollar miqdoridagi pulga egalik qilishadi, ya'ni, bu — dunyodagi jamiki boylikning 1–1,3 foizi demakdir. Britaniyaning Aaron Wallis rekruting kompaniyasi bo‘lajak milliarderlar kim bo‘lib ishlashganini o‘rganib chiqdi. Ularning tadqiqoti natijalariga ko‘ra, sayyoramizning 100 nafar eng boy odamidan 30 nafari oilaviy kompaniyalarda ish boshlashgan va biznes ularga meros sifatida qoldirilgan, 17 foizi o‘z biznesini boshlagan bo‘lsa, 53 foiz inson yollanib ishlagan.


 

Biznesmenlar kim bo‘lib ishlaganini tahlil etib, ekspertlar ularning aksariyati sotuvchi sifatida ish boshlashgani to‘g‘risida xulosaga kelishgan. 53 milliarderdan 10 nafari o‘zlariga tegishli bo‘lmagan kompaniyada o‘z karerasini boshlashgan va savdo bilan shug‘ullanishgan. Masalan, Uorren Baffet 10 yoshligida bobosining do‘konidan «Koka-Kola» va saqich sotib olib, o‘zining o‘rtoqlariga qimmatroqqa pullagan. Aaron Wallis ma'lumotlariga ko‘ra, yana to‘qqiz nafar ishbilarmon o‘z yo‘lini birja treyderi pozitsiyasidan boshlashgan, yana besh nafari dasturiy ta'minot ishlab chiquvchi, shunchasi injyener, to‘rt nafari esa tahlilchi bo‘lgan.

Tadqiqotchilarning qayd etishlaricha, o‘z karerasini savdoda boshlaganlarning muvaffaqiyati ko‘proq ular yoshligidan bitim nimaligini anglab yetgani bilan tushuntiriladi. Bu broker bo‘lib boylik orttirishidan avval o‘yinchoqlar va sovg‘alar do‘konida ishlagan Jorj Sorosga (25,2 mlrd. dollar bilan Forbes global reytingida 29-o‘rinda) ham tegishli. Xuddi shu jihat Dell kompyuter kompaniyasiga asos solishidan avval gazetaning reklama bo‘limida «sovuq» qo‘ng‘iroqlarga javob beruvchi bo‘lib ishlagan Maykl Dellda (24 mlrd. dollar bilan Forbes global reytingida 38-o‘rinda) ham bo‘lgan.

Tadqiqotchilar Forbes ro‘yxatiga tushish va oliy ma'lumotga ega bo‘lish orasida bog‘liqlik bor-yo‘qligiga ham e'tibor qaratishgan. Ularning ma'lumotiga ko‘ra, bu ikki omil o‘rtasida muhim bog‘liqlik mavjud: milliarderlarning 3/4 qismi (100 dan 75 nafari) oliy ma'lumotga ega bo‘lishgan. Ularning 22 nafari injyenerlikka, 16 nafari biznes ta'limotga, 11 nafari — iqtisodiyot sohasida, olti nafari — yurisprudensiyada o‘qishgan (masalan, ulardan biri Facebook asoschisi Mark Tsukerberg bo‘lib, u Forbes global reytingida 5-o‘rinni egallab turgan bir paytda — 2017 yilning mayida Harvard universitetining doktorlik faxriy unvonini qo‘lga kiritgan).

Umuman olganda, ekspertlar oliy ma'lumot olgan kishilar boyish uchun ko‘proq imkoniyatga ega deb hisoblashmoqda. Texnologiyalar orqasidan pul ishlab topgan tadbirkorlarning ko‘pchiligi texnik ma'lumotga ega bo‘lishgan, bunga misol qilib Amazon egasi Jyeff Bezos (72,8 mlrd. dollar bilan Forbes global reytingida 3-o‘rinda) yoki Google hammuassisi Larri Peyj (40,7 mlrd. dollar bilan Forbes global reytingida 12-o‘rinda) ni keltirish mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: