London meri Trampning tashrifi maqomiga yana bir karra qarshi chiqdi

Jahon 08:54 / 25.09.2017 7619

London hokimi Sodiq Xon AQSh prezidenti Donald Trampning Buyuk Britaniyaga tashrifiga davlat tashrifi maqomini berishni xato deb hisoblamoqda. Xon muxolifatdagi Leyboristlar partiyasining Brayton shahridagi yillik s'yezdida shu haqda so‘z yuritdi, deb yozmoqda The Guardian nashri.

Trampning davlat tashrifi bilan kelishini qanday baholashi haqidagi savolga javob bergan Sodiq Xon Amerikaning hozirgi rahbarini davlat tashrifi darajasida kutib olishni xato deb hisoblashini bildirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Tramp Londonga kelganida, u Oq uy rahbarini musulmonlar bilan uchrashuvga taklif etadi. Xonning qo‘shimcha qilishicha, Tramp uning oilasi bilan ham uchrashadi, ammo ular bundan xursand bo‘lishi dargumon. 

Sodiq Xon asli kelib chiqishi pokistonlik ishchi oilasidandir. Uning anjumanda ta'kidlashicha, G‘arb mamlakati fuqarosi bo‘lishi barobarida Islom diniga e'tiqod qilishidan faxrlanadi. U Trampning AQShga qator musulmon mamlakatlar fuqarolarini kiritmaslik bo‘yicha farmonini izohlar ekan, Tramp IShID chalayotgan kuyga raqs tushayotganini qayd etdi.

Ko‘proq yangiliklar: