Kompyuter klubidagi janjal pichoqlashish bilan tugadi

Jamiyat 16:21 / 25.09.2017 8696

Toshkent tumanida, 17 sentabr kuni soat 15.00 larda 1996 yilda tug‘ilgan A.H. Keles shahri M.Qoshg‘ariy ko‘chasida joylashgan “Anvar-Abror-Savdo” MChJga qarashli kompyuter klubda o‘zaro janjallashib, 1991 yilda tug‘ilgan H.T.ning ko‘krak qafasi oldi o‘ng tomoniga 2 marotaba osh pichog‘i bilan urib, unga tan jarohati yetkazgan. 

Hodisa natijasida jabrlanuvchi tan jarohati olib shifoxonaga murojaat qilgan. Bu haqda Toshkent viloyati IIB xabar berdi.

Ushbu holat yuzasidan A.H.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 104-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, u ushlandi. Ashyoviy dalil sifatida 1 dona osh pichog‘i olindi. Tergovni IIB olib bormoqda.

Ko‘proq yangiliklar: