Kachinskiy: Germaniya Polshaning tovon puli to‘lash talabini rad etolmaydi

Jahon 14:23 / 25.09.2017 6243

Berlin Ikkinchi jahon urushi davrida natsistlar Germaniyasi tomonidan yetkazilgan talofat uchun tovon to‘lash bo‘yicha Varshava talablarini rad etishga huquqiy asosga ega emas. Polshaning hukmron “Qonun va adolat” partiyasi yetakchisi Yaroslav Kachinskiy Sieci Prawdy  haftalik nashriga bergan intervyusida shu haqda so‘z yuritgan. 

"Germaniya bizga rad etishi uchun hech qanday huquqiy asos yo‘q. Barcha bosqichlarni taqsimlagan holda harakat qilish kerak. Hozirda parlament bosqichi bo‘lmoqda. Ya'ni Polsha davlatining rasmiy qadamlari tashlangani yo‘q", - degan siyosatchi. 

Uning fikricha, GFRdan tovon puli olish masalasi xalqaro mavzuga aylanishi lozim. "Barchasini yaxshilab tayyorlab, uni xalqaro muammoga aylantirish, so‘ngra aniq qadamlarga o‘tish kerak", - degan Kachinskiy. "Biz Ikkinchi jahon urushining barcha yovuzliklari va jinoyatlari Xolokost bilan yakunlanishini xohlamaymiz", - deb qo‘shimcha qilgan Kachinskiy. U bunday yondashuvni irqiy kamsitish deya hisoblab keladi. 

"O‘g‘irlangan san'at asarlari, qimmatbaho buyumlar, polyaklarning oddiy mulklari ortilgan poyezdlar haqida so‘z yuritish kerak", - degan u. Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, "bosib oluvchilarning jazosiz qolish hissi ommaviy jinoyatlarga sabab bo‘lgan. Rasmiy ruxsat berilgan jinoyatlar haqida gapirmasa ham bo‘ladi". "Ular o‘g‘irlashdi, o‘marishdi, o‘ldirishdi, - deb ta'kidlagan siyosatchi. – Bularning bari qayd etilishi kerak va tovon olinishi lozim".

Polsha Seymi (parlament quyyi palatasi) hisob-kitoblariga ko‘ra, Germaniyaning Ikkinchi jahon urushi vaqtida Polshaga yetkazgan talofati o‘sha vaqtdagi 258 mlrd zlotiyni tashkil etadi. Bu Amerika dollarida 1939 yil avgustidagi kurs bo‘yicha 48,8 mlrd deganidir. 

Ko‘proq yangiliklar: