Xitoy sharqidagi yong‘inda 11 kishi halok bo‘ldi

Jamiyat 08:39 / 25.09.2017 2976

Xitoyning Chjetszyan viloyatidagi Yuyxuan shahrida yuz bergan yong‘in oqibatida ikkita uy butkul yonib ketdi. Buning oqibatida 11 kishi halok bo‘lgan, deb xabar bermoqda "Sinxua"ga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi.

Yong‘in mahalliy vaqt bilan 25 sentabr soat 00.13da yuz bergan. Ayni vaqtda yong‘inni o‘chirishga muvaffaq bo‘lingan. Voqea joyida o‘t o‘chiruvchilar va qutqaruvchilar ish olib borishgan.

Shuningdek, 12 kishi jarohat olgan. Ulardan 2 nafarining ahvoli o‘ta og‘ir. Qolganlar yengil jarohatlar olishgan.

Ko‘proq yangiliklar: