Gigiyena va yumshoq inventarlarga – bolalar bog‘chasi uchun to‘lovning 5 foizi

Jamiyat 16:30 / 25.09.2017 17539

Xalq ta'limi vazirligi, Moliya vazirligining qarori (2017 yil 11 sentabr) bilan Maktabgacha ta'lim muassasalari va maktab-internatlardagi bolalar ta'minotiga haq to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritildi.

Norma.uz’ning yozishicha, maktabgacha ta'lim muassasalari va maktab-internatlardagi bolalar ta'minoti uchun to‘lanadigan tushumlar boshqa byudjyet mablag‘lari bilan birga tarbiyalanuvchilarni oziq-ovqat bilan ta'minlashni hamda muassasaning moddiy-texnika bazasini yaxshilashga (avvalambor, sanitariya-gigiyena vositalari va yumshoq inventarlar xarid qilishga) yo‘naltiriladi. Bunda muassasaning moddiy-texnika bazasini yaxshilashga yo‘naltiriladigan mablag‘lar miqdori jami yil davomida ota-onalar to‘lovidan tushgan mablag‘larning 5 foizidan oshmasligi lozim.

Ilgari mablag‘lar tarbiyalanuvchilarni oziq-ovqat bilan ta'minlashni yaxshilashga yo‘naltirilishi nazarda tutilgan edi.

2017 yil 18 sentabrda kuchga kirdi.

Ko‘proq yangiliklar: