Filippin sohillarida noma'lum jonzot topildi

Jamiyat 23:43 / 25.09.2017 27888

Filippinning Maasin shahri sohillariga uzunligi 10 metrga yaqinni tashkil qiladigan noma'lum jonzot jasadi kelib qoldi. Bu haqda 25 sentabrda Metro nashri xabar berdi.

Jonzot mahalliy fuqaro tomondan aniqlangan.

Filippinlik mutasaddilar bu dengiz jonzotining turini aniqlay olishmayapti, chunki u kuchli chirish bosqichida bo‘lgan. 

Foto: Metro

Bu orada baliqchilik va suv zaxiralari mahalliy byurosi vakili Yulius Alpinoning fikricha, bu jonzot aslida kitdir, biroq buning to‘g‘ridan-to‘g‘ri isboti mavjud emas.

Foto: Metro

Jonzotni dengizda cho‘ktirib yuborishga qaror qilingan, chunki uning qoldiqlari odamlar uchun xavf tug‘dirishi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: