Dominikada "Mariya" dovuli 30 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

Jamiyat 09:13 / 25.09.2017 2310

Dominikada "Mariya" dovulidan halok bo‘lganlar soni 30 kishiga yetdi, deb xabar bermoqda Telesur telekanali. 

Avvalroq 15 kishi halok bo‘lgani va 20 kishi bedarak yo‘qolgani ma'lum qilingan.

Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, 15 kishi mamlakat poytaxtidan janubda joylashgan  Puente Mishel degan joyda halok bo‘lgan. 90 foizga yaqin uy tomsiz qolgan, ko‘plab hududlarda hanguzgacha suv va elektr ta'minoti izdan chiqqan holda qolmoqda.

"Mariya" dovuli ayni vaqtda 2-xavflilik toifasigacha pasayib, AQShning Atlantika sohillari bo‘ylab shimolga qarab yo‘nalmoqda. Dovul o‘z yo‘lida Puerto-Riko, Dominika, Gvadelupa, Gaiti, AQSh Virginiya orollari va Dominikanada turli talofatlar qoldirgan. Dovul Puerto-Rikodan o‘tayotganda uni kuchi 4-xavflilik toifasini tashkil qilgan. 

Ko‘proq yangiliklar: