Avstraliya o‘z fazoviy agentligini tashkil etadi

Jahon 11:05 / 25.09.2017 4038

Avstraliya hukumati mamlakat tarixida birinchi marta fazoviy agentlik tashkil etish rejasini e'lon qildi. Bu haqda mamlakat ta'lim vaziri Saymon Birmingem Adelaidada bo‘lib o‘tayotgan 68-Xalqaro astronavtika kongressida so‘zlagan nutqida ma'lum qildi, deb yozmoqda Gazeta.ru. 

Anjuman ochilishida chiqish qilgan vazirning qayd etishicha, Avstraliya fazoviy faoliyatda ulkan tajribaga ega bo‘lib, fazoni o‘zlashtirishda barcha zaruriy vakolat va rejalarni ishlab chiqqan. 

«Fazo yakka o‘rganish uchun juda ham murakkab. Men faxr bilan Avstraliya hukumati milliy kosmik agentlikni tashkil eetishga qaror qilganini ma'lum qilaman», — degan vazir. 

Kongressda turli fazoviy agentliklar vakillari ishtirok etmoqda. 

Ko‘proq yangiliklar: