Havo kemasi ekipaji a'zolari qoidabuzar yo‘lovchilarga nisbatan dalolatnoma tuzadi

O‘zbekiston 13:22 / 25.09.2017 5188

Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining buyrug‘i(2017 yil 11 sentabr) bilan Yo‘lovchining havo kemasi ichidagi yurish-turish qoidalariga qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.
 
Belgilanishicha, yo‘lovchi tomonidan havo kemasi (HK) ichida yurish-turish qoidalari buzilgan taqdirda, HK ekipaji a'zolari tomonidan bu haqda dalolatnoma rasmiylashtiriladi (hujjatda keltirilgan shaklda) hamda uni tuzgan HK ekipaji a'zolari, qoidabuzar yo‘lovchi tomonidan imzolanadi. 

Agar qoidabuzar yo‘lovchi dalolatnomani imzolashdan bosh tortsa, unga bu haqda yozib qo‘yiladi. Qoidabuzar yo‘lovchi dalolatnomaning mazmuni yuzasidan dalolatnomaga ilova qilinadigan tushuntirishlarini berishga, shuningdek unga imzo chekishdan bosh tortish sabablarini bayon etishga haqli.
 
2017 yil 18 sentabrda kuchga kirdi.

Ko‘proq yangiliklar: