«7 KUN»: Paxtadan qaytarish, AQShga tashrif yakunlari, buzilayotgan Milliy bog‘ ustida munozara - Kun.uz muhokamasida

O‘zbekiston 11:13 / 25.09.2017 53038

Sayt ijodkorlari tomonidan mamlakat va jahonda ro‘y bergan eng muhim va ahamiyatga molik voqea-hodisalarning tahliliga bag‘ishlangan ko‘rsatuv e'tiboringizga havola etib borilmoqda. «7 KUN» loyihasining beshinchi soni tayyor bo‘ldi va u an'anaviy tarzda KUN.UZ jurnalistlari Xurshid Daliyev va Alisher Ro‘zioxunov tomonidan olib borilgan.

Haftaning eng muhim yangiliklaridan biri — Paxta terimiga jalb qilingan oliy ta'lim muassasalari talabalari hamda ta'lim va tibbiyot muassasalari xodimlari 22 sentabrdan dalalardan o‘qish va ish joylariga qaytdi. Hukumatning bu irodali qarori tarixiy hodisa sifatida kutib olindi.

Foto: KUN.UZ

Shuningdek, ko‘rsatuv mobaynida quyidagi voqea-hodisa hamda yangiliklar tahlil etilgan:

Prezidentning AQSh safari

17 sentabr kuni Turkmanistonga borgan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yopiq inshootlarda va jang san'atlari bo‘yicha Beshinchi Osiyo o‘yinlarining ochilish marosimida ishtirok etdi. Shundan so‘ng davlat rahbari AQShga yo‘l oldi.

Foto: President.uz

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQShga bordi. U BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida nutq so‘zladi. BMT bosh minbarida nutq so‘zlagan O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyodagi eng og‘riqli va azaliy muammolardan biri, ya'ni Orol va suv resurslaridan oqilona foydalanish masalasiga to‘xtalib o‘tdi. Sh.Mirziyoyev BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashdi.

Shavkat Mirziyoyev 20 sentabr kuni Nyu-Yorkda Amerika Qo‘shma Shtatlarida istiqomat qilayotgan bir guruh o‘zbekistonlik vatandoshlar bilan uchrashdi. Shu kuni Jahon banki prezidenti Jim Yong Kim bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Samarqand viloyat ruhiy kasalliklar shifoxonasida KUN.UZ jurnalistik surishtiruv o‘tkazdi

Toshkent moliya instituti yana sahna markazida: MTJ ham bunaqa futbol ko‘rsatmagan!

Poytaxtdagi Alisher Navoiy nomidagi Milliy bog‘ taqdiri katta munozaralarga sabab bo‘ldi

Jizzaxda paxta terimiga chiqqan maktab yoshlar yetakchisini avtobus urib ketdi

Toshkentlik fuqaro “chiroyli” avtoraqam uchun 14,5 mln so‘m taklif qildi

Odatdagidek, «Hafta yangiligi», «Hafta tayinlovi», «Hafta iqtibosi», «Hafta qahramoni» va «Hafta antiqahramoni» nominatsiyalari bo‘yicha fikr yuritilgan.

Ko‘rsatuv so‘ngida har doimgidek, qisqacha futbol xabarlariga o‘rin ajratilgan

«7 KUN» teleloyihasini Youtube videoportalidagi kanalimiz orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: