La Liga, 6-tur. «Barselona», «Atletiko» va «Real» g‘alaba qozondi (turnir jadvali)

Sport 10:30 / 24.09.2017 22574

Ispaniya chempionatining 6-turidan o‘rin olgan ahamiyatga molik uchrashuvlardan biri ligaga qo‘shilgan yangi Kataloniya derbisida kuzatildi.

Liga debyutanti «Jirona» «Barselona»ni qabul qildi. Uchrashuvning dastlabki ikki goli avtogol natijasida yuzaga kelgan bo‘lsa, Luis Suaresning goli hisobni yirik ko‘rinish olishiga sabab bo‘ldi.

Ushbu g‘alabadan keyin «Barselona» o‘z hisobidagi ochkolari sonini 18taga yetkazib oldi va jamoa turnir jadvalida yakka peshqadamlikni davom ettirmoqda.

Bu turda «Atletiko» turnir jadvalidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqibi «Sevilya»ni Ferreyra Karrasko va Antuan Grizmann gollari evaziga yengdi va 14 ochko bilan ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi. Sevilyaliklar 13 ochko bilan uchinchi o‘ringa tushdi.

Mavsumni muvaffaqiyatsiz boshlagan «Real» esa yangi futbolchisi Dani Sebalosning ikki goli evaziga «Alaves»ni mag‘lubiyatga uchratib, to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarildi (11 ochko).

Ispaniya La-ligasi, 6-tur

Jirona – Barselona 0:3 (0:1)
Gollar:
 Aday (17, avtogol), Iraysos (48, avtogol),Suares (69).
Jirona: Iraysos, Xuanpe, Espinosa, Ramalo, Aday (Moxika, 69), Portu, Aleysh Garsiya, Duglas Luis, Pons, Maffeo (Moreno, 78), Olunga (Kayode, 60).
Barselona: ter Stegen, Maskerano, Alba, Aleish Vidal (Andre Gomesh, 81), Umtiti, Serdji Roberto, Rakitich, Paulino (Buskets, 67), Inesta (Denis Suares, 80), Messi, Suares.
Ogohlantirishlar: Maffeo (23), Aday (41), Kayode (83).

Ko‘proq yangiliklar: