Germaniyadagi parlament saylovlarining dastlabki ma'lumotlari chop etildi

Jahon 23:13 / 24.09.2017 4761

Germaniya kansleri Angela Merkel boshchiligidagi XDI/XSI partiyalari alyansi 32,5 foizlik ovoz bilan Germaniya parlamentiga saylovda yetakchilik qilmoqda. Bundan ARD telekanalining exit poll ma'lumotlari darak bermoqda. 

Martin Shults boshchiligidagi Germaniya Sotsial-demokratik partiyasi 20 foiz ovoz olgan.  

Shuningdek, "Germaniya uchun muqobil" partiyasi 13,5 foiz ovoz bilan 3-o‘rinni egallab, birinchi marta parlamentdan o‘rin oladi. 

Ekzit-poll ma'lumotlariga ko‘ra, bundestagga hammasi bo‘lib 6 ta partiya o‘tdi. Bundestagga saylovlar yakunlariga ko‘ra Germaniyaning yangi hukumati shakllantiriladi va yangi kansler belgilanadi.

Saylovlardan ko‘pi bilan 30 kundan keyin yangi chaqiruvdagi parlamentning ilk yig‘ilishi bo‘lib o‘tishi kerak.

Umumiy hisobda saylovlarda 42 ta partiya ishtirok etgan, parlamentga o‘tish bo‘sag‘asi 5 foizni tashkil qilgan.

Ko‘proq yangiliklar: