Eron AQShga yadroviy dasturni tezlashtirish bilan tahdid qildi

Jahon 22:52 / 24.09.2017 6584

Eron tashqi ishlar vaziri Javod Zarif AQSh atomga doir kelishuvdan chiqqan taqdirda, Tehron yadroviy dasturni tezlashtirishini ma'lum qildi. 

"Eronning shartnomadan chiqish va yadroviy dasturga tezroq sur'atlarda qaytish kabi qator imkoniyatlari mavjud. Bu dastur tinchlik maqsadlariga yo‘naltiriladi, biroq biz avval qabul qilgan cheklovlarni qabul qilmaymiz", - dedi Zarif CNN telekanali efirida. 

Ta'kidlash joizki, AQShda har uch oyda dastur qayta ko‘rib chiqiladi va bu orada Oq uy rahbari bir necha marta shartnomadan chiqish rejasiga ishora qildi.

Eron TIV rahbarining fikricha, Shtatlar ularga ishonish mumkin emasligini namoyish qilishmoqda. 

"Xalqaro atom energiyasi agentligining yetti ma'ruzasi Eron ishonish mumkin bo‘lgan hamkor ekanini ko‘rsatdi. Umid qilamanki, AQSh o‘z pozitsiyasini qayta ko‘rib chiqib, unga ham ishonish mumkinligini namoyish qiladi", - deya xulosa qildi Zarif. 

Ko‘proq yangiliklar: