Bundesliga. «Borussiya» boshqa «Borussiya»ni tor-mor keltirib, peshqadamlikka qaytdi

Sport 00:42 / 24.09.2017 5057

Germaniya bundesligasining 6-turidan o‘rin olgan qiziqarli uchrashuvlardan biri Dortmundda bo‘lib o‘tdi va unda ikki «Borussiya» o‘zaro kuch sinashdi.

Maksimilian Filipning dubli, Per-Emerik Obameyangning het-triki va Yulian Vaygl tomonidan kiritilgan golga Lars Shtindl birgina gol bilan javob qaytardi.

Ushbu g‘alabadan keyin «Borussiya» 6 uchrashuvda 16 ochko to‘plab, yana turnir peshqadami bo‘lib oldi. Myongxengladbaxliklar esa 8 ochko ilan 9-pog‘onani band etib turibdi.

Germaniya bundesligasi, 6-tur

Borussiya D – Borussiya M 6:1 (3:0)

Gollar: Filipp (28, 38), Obameyang (45, 49, 62) Obameyang, Vaygl (79) – Shtindl (66).
Borussiya D: Byurki, Papastatopulos (Bartra, 83), Tolyan, Pishchek (Zagadu, 70), Toprak, Gettse, Vaygl, Pulishich (Kagava, 64), Daud, Filipp, Obameyang.
Borussiya M: Zippel, Ginter, Vendt, Elvedi, Vestergor, Jonson (Herrmann, 72), Kramer (Hofmann, 75), Zakariya, Azar, Shtindl, Raffael (Kyuizans, 61).
Ogohlantirish: Elvedi (58).

Ko‘proq yangiliklar: