Beysbolchi Trampga achchiq qilib AQSh madhiyasi yangragan vaqtda o‘tirib oldi

Jamiyat 15:20 / 24.09.2017 12931

Amerikalik beysbolchi Bryus Maksuell Beysbol bosh ligasi (MLB)ning asosiy an'analaridan birini buzib, tarixda qoldi, deya xabar beradi Huffington Post.

Ikkinchi jahon urushi tugagan vaqtdan buyon har bir o‘yin oldidan AQSh madhiyasi ijro etiladi va bu vaqt beysbolchilar tikka turishadi. Texasning "Reyndjers" jamoasi bilan kechgan o‘yin oldidan "Oklend Atletiks" beysbolchisi Maksuell bir tizzada o‘tirib oldi. U shu tariqa AQSh prezidenti Donald Trampga o‘z noroziligini bildirdi - uning fikricha, davlat rahbari sportchilarning "so‘z erkinligi va o‘z fikrini bayon etish huquqini cheklamoqda".

Maksuellning bu xatti-harakati - beysbol olamida yangilik, biroq butun Amerika sportida emas. Bir yil oldin futbolchi Kolin Keypernik ham "ozchilikni kamsitish"ga qarshi chiqib, xuddi shu ishni qilgandi. NFL'ning bir necha futbolchisi ham shunday qilgan. Shundan so‘ng Tramp sportchilarni vatanparvarlik hissining yetishmasligida aybladi.

"Agar o‘yinchi NFL yoki boshqa ligalarda millionlab dollar ishlashni xohlasa, uning Buyuk Amerika bayrog‘i (yoki mamlakati)ga hurmatsizlik qilishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak va u bizning Milliy madhiyamiz yangragan paytda o‘rnidan turishi lozim", dedi Tramp.

Bu so‘zlar NFL ligasi hamda Kobi Brayant, Lebron Jyeyms va Stef Karri kabi mashhur basketbolchilar bilan ziddiyatni keltirib chiqardi. Jumladan, Jyeyms Twitter'da prezidentni "ahmoq" deya haqorat qilib, Tramp paydo bo‘lgunga qadar Oq uyga borishni sharaf deb bilganini ta'kidladi. 

Ko‘proq yangiliklar: