Ar-Riyod Eron siyosatini mintaqadagi terrorchilikning bosh manbai deb atadi

Jahon 08:02 / 24.09.2017 5417

Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri Odil al-Jubayr BMT Bosh assambleyasida mintaqadagi terrorchilikning bosh manbai sifatida Eronning "dushmanona siyosatini" atadi.

"Yaqin Sharq mintaqasi asosiysi terrorchilik hisoblangan ko‘plab sinovlardan aziyat chekmoqda. Terrorchilikning yoyilishi terrorchilik guruhlarini qo‘llab-quvvatlovchi Eronning dushmanona siyosati natijasi hisoblanadi", deb aytdi al-Jubayr.

Uning ta'kidlashicha, Saudiya Arabistoni terrorchilikning istalgan shakli va namoyon bo‘lishiga qarshi kurashga sodiq va bu hodisalarga barcha yo‘llar – moliyaviy, mafkuraviy va xavfsizlik sohasidagi choralar bilan qarshilik ko‘rsatishga tayyor.  

Ko‘proq yangiliklar: