Haftalik dayjest: Mirziyoyev AQShda, paxtadan qaytgan talabalar, naqd dollar berilishi, bir yoshga to‘lgan portal

O‘zbekiston 19:50 / 24.09.2017 45949

O‘tayotgan haftada O‘zbekistonda va jahon bo‘ylab bo‘lib o‘tgan voqea-hodisalarni, shuningdek KUN.UZda yoritilgan muhim tahliliy maqolalarni yana bir karra yodga olamiz.

O‘ZBeKISTON XABARLARI:

Foto: O‘zA

Hafta davomida ro‘y bergan eng katta yangilik — O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQShga yetib bordi. U BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida nutq so‘zladi. BMT bosh minbarida nutq so‘zlagan O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyodagi eng og‘riqli va azaliy muammolardan biri, ya'ni Orol va suv resurslaridan oqilona foydalanish masalasiga to‘xtalib o‘tdi.

Shavkat Mirziyoyev 20 sentabr kuni Nyu-Yorkda Amerika Qo‘shma Shtatlarida istiqomat qilayotgan bir guruh vatandoshlar bilan uchrashdi. Vatandoshlarimizdan biri Prezident bilan uchrashuv taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

Paxta terimiga jalb qilingan OTMlar talabalari hamda ta'lim va tibbiyot muassasalari xodimlari 22 sentabrdan dalalardan o‘qish va ish joylariga qaytdi. Hukumatning bu irodali qarori tarixiy hodisa sifatida kutib olindi. Barcha talaba, o‘qituvchi va tibbiyot xodimlari paxta terimidan qaytariladi. Andijon viloyati hokimi talaba, o‘qituvchi va shifokorlarni paxta yig‘im-terimiga jalb qilishni jinoyat deb atadi.

Shuningdek, KUN.UZ jurnalistik surishtiruvi — Samarqand viloyati ruhiy ksalliklar shifoxonasidan kelib tushgan arizalar bo‘yicha tekshiruv yakunlari haqidagi maqola ham e'lon qilindi. Samarqand ruhiy kasalliklar shifoxonasidagi mashmashalar-2: zaruriyatsiz mohiyat.
 

Shavkat Mirziyoyev Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi BMT konvensiyasini qabul qilishni taklif qildi

O‘zbekistonda HP​, Amazon​, Cisco​, Facebook​, Openbucks​ kompaniyalari ish boshlashi kutilmoqda

O‘zbekiston rohingya qochqinlariga insonparvarlik yordamini topshirdi

O‘zbekistonda xalqaro darajadagi yuristlar malakasini oshirish markazi ochiladi

O‘zbekiston Prezidenti Jahon banki prezidentini qabul qildi

Rossiyaning uch shahrida O‘zbekiston konsulligi ochiladi

Turkiya prezidenti Sh.Mirziyoyevning BMT Bosh assambleyasi 72-sessiyasida so‘zlagan nutqiga yuqori baho berdi.

1,2 million murojaat. Virtual qabulxona bilan bir yil

SamDUda Sharof Rashidovga yodgorlik o‘rnatildi

 

Iqtisodiyot xabarlari

1 oktabrdan banklarda naqd pul ko‘rinishidagi xorijiy valyuta mablag‘lari sotilishi kutilmoqda

Suyultirilgan gaz aholiga yagona narxda sotiladi

Lombardlarning ishga shayligini MB tasdiqladi

Xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar tomonidan chet el valyutasini sotib olish tartibi to‘g‘risida ma'lumot berildi

Kommunal xizmatdan qarzdorlik uchun endi qarzdorning o‘zigina tizimdan uzib qo‘yiladi

O‘zbekiston va AQSh ishbilarmon doiralari 2,6 mlrd dollarlik kelishuvlarni imzolashdi

O‘zbekiston 2017 yilda gaz qazib olish hajmini 1,5 milliard kub metrga oshiradi

 

Rasmiy hujjatlar

Patronaj hamshira va shifokorlarga ustama haq belgilandi

2018 yilda qishloq xo‘jaligi ekinlarini oqilona joylashtirish bo‘yicha qaror imzolandi

Prezident qarori: «Olmaliq TMK» AJ boshqaruv tizimi yanada takomillashtiriladi

Lex.uz saytida qonun hujjatlari lotin yozuvida ham e'lon qilinadigan bo‘ldi

Xorijga chiqish stikerlari bekor qilinadigan sana ma'lum

Yirik soliq to‘lovchilar kodeksda aks ettiriladi

Axborot texnologiyalari vazirligi va Microsoft o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Xorijga chiqish stikerlari bekor qilinadigan sana ma'lum

Shavkat Mirziyoyev yo‘llarni ko‘kalamzorlashtirishga doir qarorni imzoladi

Samarqandda «Hadis ilmi Oliy maktabini tashkil etish»ga doir qaror loyihasi muhokamaga qo‘yildi

 

Kriminalistika xabarlari

Foto: Reuters

Telia O‘zbekistondagi pora ishi bo‘yicha qariyb 1 mlrd. dollar to‘laydi

Paxta-2017: Jizzaxda daladan qaytayotgan ayolni avtobus urib ketdi, biroq O‘zYoI u paxtaga ittifoq tomonidan jalb etilmaganligini ta'kidladi

Sudyaning «g‘aroyib» qarori yoxud sudya doim haqmi?

Jinoyat vositasi ayblanuvchiga tegishli bo‘lmasa mulkdorga qaytarib beriladi

Toshkentda 177 ming dollarni egallab olgan talonchilar ushlandi

O‘zbekistonda poraxo‘rlikning har qanday shakliga qarshi qattiq kurash boshlangan — Adliya vaziri

Samarqand advokaturasi: “Sud orqali inson himoya qilinadi”, degan tushunchani odamlar ongiga singdirishimiz lozim

Jurnalist korrupsiyaga qarshi kurashdan chetda turibdi. Nega?

 

TAHLILIY XABAR VA MAQOLALAR

Poytaxtda Milliy bog‘ buzib tashlanadimi? Professor bunga qarshi

Toshkent moliya instituti yana sahna markazida: MTJ ham bunaqa futbol ko‘rsatmagan!

Samarqandlik tadbirkor: «Viloyatdagi mutasaddilar tufayli korxonam 552 million so‘m zarar ko‘rdi»

Mo‘'tadil Islom, radikalizm va boshqa mulohazalar

Ekspert​: «Harakatlar strategiyasini amalga oshirish muddati nega 5 yil etib belgilandi?»​

«Oliy ta'lim muassasalari diplom ishlab chiqarish dargohiga aylanib qoldi»

 

JAHON

Foto: CNN

Tramp tvitterda Klintonga “ajoyib zarba bergani” videosini joylashtirdi

Xalqaro to‘lovlar banki dunyoning yashirin qarzi 14 trln. dollar ekanini aniqladi

Dunyoda 40,3 million odam qullikda yashamoqda

2050 yilda Qozog‘iston aholisi soni 24 milliondan oshadi

Tramp: BMTni buyuk qilamiz!

Almazbek Atamboyev BMTda: «2100 yilga borib Qirg‘izistondagi muzliklardan asar ham qolmaydi»

Xorvatiya yevro hududiga kirish bo‘yicha kampaniya boshlaydi

Tramp Shimoliy Koreyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi

Meksikadagi zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni 290 nafardan oshdi

BMT qashshoq davlatlar uchun yangi bank tashkil etilganini ma'lum qildi

Ispaniya hukumati Kataloniyada referendum o‘tkazilishiga xalaqit bermoqchi

 

QIZIQARLI XABAR VA YaNGILIKLAR

Dunyo bo‘ylab bir yilda qancha pora olinishi hisoblab chiqildi

Latviyada josuslarni aniqlash bo‘yicha yo‘riqnoma tuzildi

Jyenevadagi bank va restoranlar hojatxonalariga 500 yevrolik banknotalar sochib ketildi

Muhammad - Angliya va Uelsdagi eng mashhur 10 ismdan biri deb topildi

«Tabassum qilayotgan chehra» – smaylik belgisi 35 yoshga to‘ldi

Ruhoniy Eron o‘z raketa salohiyatini mustahkamlashi haqida ma'lum qildi

Tirnash, egish, yoqish: iPhone 8 sinovlardan o‘tkazildi

Milliarder Jyek Ma: «Bolalarni zavodda ishlashga tayyorlashni to‘xtatish kerak»

2030 yilda sayyoramizning 60 foiz keksa yoshli aholisi Osiyoda yashaydi

 

Avtoolam

O‘zbekistonda «chiroyli» avtomobil raqami qariyb 51 million so‘mga sotildi

Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi rahbariyati tizimida o‘zgarish yuz berdi

Yangi elektroavtobus jahon rekordini o‘rnatdi

Yirik kompaniyalardan 10 tasi benzinda yuruvchi avtomobillardan to‘liq voz kechadi

 

Eng, eng, eng…

Dunyoning eng chiroyli maktablari (fotojamlanma)

Ispaniya orollarida 700 kilogrammli toshbaqa topildi

«Al Qoida»dan ham dahshatliroq». Dunyodagi eng vahshiy mafiya

Peterburgda dunyodagi eng kuchli muzyorar kema korpusi suvga tushirildi

Yevropadagi eng yirik «arzon» aviakompaniya 2000 reysni bekor qildi

Farer orollari: Eng g‘aroyib qamoqxona joylashgan makon

 

SPORT XABARLARI

«Real» 54 yillik rekordni takrorladi

«PSJ»da Braziliya va Urugvay ziddiyati boshlandi

Terma jamoaga xorijlik murabbiy olib kelinadi — O‘FF bayonoti

O‘zbek kurashi Osiyo o‘yinlari dasturiga kiritildi

«Ko‘tarma pullar» o‘zbek futboliga kerakmi?

«Barselona» Koutinoni nega sotib olmagani ma'lum bo‘ldi

Janni Infantino O‘zbekistonga tashrif buyuradi

FIFA prezidenti transferlar narxlarini «kalamushlar poygasi» deb atadi

Seulda 2018 yilgi Olimpiya o‘yinlari medallari taqdim etildi

FIFA yana ikki jamoaning transfer qoidalarini buzganlikda gumon qilmoqda

Ko‘proq yangiliklar: