O‘zbekiston Iordaniya bilan durang o‘ynadi

Sport 00:56 / 23.09.2017 13573

Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida U-16 o‘smirlar o‘rtasida Osiyo chempionati saralashi doirasida "A" guruh uchrashuvlari davom etmoqda.

Dilshod Nuraliyev bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston U-16 terma jamoasi Osiyo chempionatiga saralash bosqichi 4-turida Iordaniya o‘smirlar terma jamoasi bilan 0:0 hisobida durang o‘ynadi.

Shu tariqa, O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi guruh bosqichi so‘nggi turidan oldin o‘z ochkolari sonini 7 taga yetkazdi va ayni damda guruhda to‘plar nisbati bo‘yicha Iordaniya terma jamoasidan so‘ng ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Turning ikkinchi uchrashuvida turnir mezboni Saudiya Arabistoni terma jamoasi Shri-Lanka bilan to‘qnashdi va 10:0 hisobida zafar quchdi. 

Eslatib o‘tamiz, Dilshod Nuraliyev bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston U-16 o‘smirlar terma jamoasi guruh bosqichi so‘nggi tur uchrashuvida saralash turniri mezboni Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga tushadi.

U-16 OCh saralash bosqichi
Ar-Riyod, Saudiya Arabistoni

Iordaniya – O‘zbekiston 0:0

O‘zbekiston: Mo‘minmirzo Qodirov, Xurshid Ubaydullayev, Jasur Abdulbekov, Doniyor Sobirov, Jaloliddin Sodiqov, Jasurbek Jaloliddinov (Mirjalol Qosimov, 90), Ruslan Roziyev (Mironshox Sattorov, 58), Javohir Abdualimov, Boburmirzo Ergashev, Temur Mamasiddiqov, Bobur Sobirov (Sardor Abdurashidxo‘jayev, 73). 

Turnir jadvali

Foto: O‘FF

Kelgusi uchrashuvlar

24 sentabr, yakshanba
Bahrayn – Iordaniya 18:00
O‘ZBeKISTON – Saudiya Arabistoni (Toshkent vaqti bilan soat 22:15)

Ma'lumot uchun, U-16 Osiyo chempionati saralashida OFKga a'zo jami 45 mamlakatning o‘smirlar terma jamoalari 10 guruhga bo‘lingan holda ishtirok etmoqda. Guruhda birinchi o‘rinni egallagan 10 ta hamda eng yaxshi 5 ta ikkinchi o‘rin sohiblari mezbon Malayziyaga qo‘shilgan holda Osiyo chempionati final bosqichiga yo‘llanma oladi. U-16 Osiyo chempionati 2018 yilning 20 sentabr  – 7 oktabr kunlari Malayziyada o‘tkaziladi.

Ko‘proq yangiliklar: