Toyota elektromotorlarga o‘tadi

Fan-texnika 13:31 / 23.09.2017 8181

Yaponiyaning Toyota markasi qariyb 20 yil avval bozorga Prius gibridli modelini chiqargandi. Biroq, vaqt o‘tmoqda, hamda hozirda Toyota’ning elektrokarlar segmentidagi pozitsiyalari unchalik mustahkam emasdek ko‘rinmoqda. Yaponlar bu vaziyatga tub burilish yasash niyatidalar.

DetroitBureau nashrining manbalarga asosan xabar berishicha, yaponlar yaqin 10 yil ichida bozorga elektr kuch qurilmalari bilan jihozlangan 10 ta modelni chiqarish niyatida. Ulardan bir qismi to‘la elektrli bo‘ladi, ba'zilari gibridli dvigatellarni oladi, boshqalari esa – elektr rozetkasidan quvvatlantirish imkoniyatiga ega gibridli dvigatellardir.

Hozircha u yoki bu elektrokar qachon chiqarilishi bo‘yicha aniq ma'lumot yo‘q. Biroq nashr manbalarining xabar berishicha, markaning birinchi to‘liq elektrlashtirilgan avtomobili 2021-2022 yillarda taqdim etiladi. Shu bilan birga, batareyalar sifatida ko‘plab markalarning zamonaviy elektrokarlaridagi litiy-ionli emas, balki qattiq jismli elementlardan foydalanilishi aytilmoqda.

Bundan tashqari, yaponlar klassik motorlarga ega modellarni ham esdan chiqarish niyatida emas, sababi ularga bo‘lgan talab hozircha ancha yuqori darajada.

Kutilishicha, Toyota model qatorini elektrlashtirish bo‘yicha yangi strategiyani Detroytdagi xalqaro avtosalon doirasida taqdim etadi. Tadbir kelasi yilning yanvarida bo‘lib o‘tadi.

Avvalroq yangi qiyofadagi Toyota Land Cruiser Prado’ning ilk fotosuratlari namoyish etilgandi. 

Ko‘proq yangiliklar: