Sifatsiz mebel xarid qilgan iste'molchining puli qaytarib berildi

Jamiyat 16:11 / 23.09.2017 7493

Nukus shahri Mamanbiy ko‘chasi 6-g uy, 8-xonadonda yashovchi fuqaro G.O‘. Nukus shahar Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatining “ishonch telefoni”ga qo‘ng‘iroq qilib, og‘zaki ariza berdi, deb yozadi Kruz.uz.

Unga ko‘ra, iste'molchi Nukus shahri Go‘ne qala hududida joylashgan mebel sotish joyidan 1.590.000 so‘mga  uy jihozini xarid qilgan. Lekin u sifatsiz bo‘lib chiqqan hamda sotuvchi naqd pulga savdo qilishiga qaramasdan chek bermagan.  Iste'molchi sotuvchiga mebelni almashtirib yoki pulini qaytarib berishni talab qilsa, sotuvchi bunga norozi bo‘lgan.

Jamiyat tomonidan mazkur ariza o‘rganib chiqilib, Nukus shahri Go‘ne qala hududida savdo qiluvchi tadbirkor E.B. haqiqatdan ham xizmat ko‘rsatish joyida hech qanday hujjatsiz o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yganligi aniqlandi. Shuningdek, iste'molchining 1 590 000 so‘m puli qaytarib berilgan. 

Ko‘proq yangiliklar: