Saudiya Arabistoni Qatar bilan inqirozning sababini ma'lum qildi

Jahon 23:35 / 23.09.2017 12451

Saudiya Arabistoni Qatar bilan munosabatlarni terrorchilikka qarshi kurash siyosatiga amal qilib uzdi. Bu haqda BMT Bosh assambleyasida Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri Odil al-Jubayr aytib o‘tdi. 

"Qatar bilan munosabatlardagi inqiroz terrorchilikka qarshi siyosatimizga monanddir. Ular tomondan terrorchilikni qo‘llab-quvvatlash siyosati mintaqa va bizning xavfsizligimizga xavf sola boshladi", deb aytgan vazir. 

Uning aytishicha, Qatar u tomondan Fors ko‘rfazining boshqa davlatlari bilan 2013 va 2014 yillarda imzolangan, terrorchilikka qarshi kurash ko‘zda tutilgan kelishuvlarni bajarmagan. 

Iyun boshida Saudiya Arabistoni, BAA, Bahrayn va Misr Qatarni terrorchilikni qo‘llab-quvvatlashda ayblab, u bilan barcha diplomatik aloqalarni uzishgandi va barcha muloqotni to‘xtatishgandi. 

Ko‘proq yangiliklar: