Toshkentda «EXPO Restaurants & Cafes» II Xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi

Jamiyat 15:10 / 22.09.2017 4346
Foto: EXPO Restaurants & Cafes

Toshkent shahrida 29 noyabr-1 dekabr kunlari «EXPO Restaurants & Cafes» II Xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. U restoran biznesi vakillari va HoReCa segmenti uchun professional uskunalar hamda boshqa materiallar sohasidagi mutaxassislarni birlashtiradi.

Ko‘rgazma ehtimoliy sarmoyadorlar, xususiy tadbirkorlar, restoranlar egalari, restoranlar top-menejlari, restoran biznesi sheriklari va umumiy ovqatlanish korxonalari mijozlari uchun mo‘ljallangan reklama hamda biznes maydonchasi sanaladi.

«EXPO Restaurants & Cafes 2017» xalqaro ko‘rgazmasida restoran biznesining asosiy trendilari, umumiy ovqatlanish sohasidagi yangi xizmatlar taqdim etiladi, shuningdek, sevimli muassasalar bosh oshpazlari bilan tanishish va ularning usta-darslari, taqdimotlariga kirish imkoni yaratiladi.

Ko‘rgazmada restoranlar, kafe, barlar, umumiy ovqatlanish bo‘yicha boshqa korxonalar, professional restoran uskunalari importyorlari, maxsus qurilish materiallari ishlab chiqaruvchilari (laminat, parket, kafel, marmar, bo‘yoqlar), yoritish uskunalari ishlab chiqaruvchilari (qandillar, torsherlar, bra, dizaynerlik yechimlari), ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha mutaxassislar (landshaft dizayni, bezakli ko‘kalamzorlashtirish), stollar, stullar, shiyponlar, panjaralar ishlab chiqaruvchilari, mebel do‘konlari, salonlar, sexlar va fabrikalar, xomashyo yetkazib beruvchilar va sheriklar, HR-agentliklar, reklama agentliklari, ko‘chmas mulk bo‘yicha agentliklar, bayram va marosimlar tashkilotchilari, biznesni avtomatlashtirish bo‘yicha servislar vakillari, davlat idoralari va tuzilmalari ishtirok etadi.

Ko‘rgazmada ishtirok etish hamda batafsil ma'lumot olish uchun quyidagi raqamlarga murojaat qilish mumkin: +998 71 238 56 00; +998 71 238 56 41.

Yangiliklar bilan Telegram-kanalimizda tanishib boring. 

Ko‘proq yangiliklar: