Kutilmagan burilish. Neymar uzr so‘radi

Sport 00:45 / 22.09.2017 22720

«PSJ» hujumchisi Neymar jamoaning navbatdagi mashg‘ulotlaridan so‘ng Edinson Kavani bilan bog‘liq vaziyat uchun jamoadoshlaridan uzr so‘radi. Bu haqda L‘Equipe nashri xabar tarqatdi.

Manba bergan xabarga ko‘ra, murojaat chog‘ida 25 yoshli futbolchi bilan unga tarjimon sifatida jamoa sardori Tiago Silva ishtirok etdi.

Eslatib o‘tamiz, Fransiya chempionatining 6-turidan o‘rin olgan «Lion»ga qarshi uchrashuvda (2:0) urugvaylik futbolchi jarima zarbasini amalga oshirmoqchi bo‘lganida Dani Alves undan to‘pni tortib olib, keyin Neymarga bergandi. Keyinroq esa braziliyalik futbolchi Kavanidan penaltini tortib olmoqchi bo‘lgan, biroq Kavani bunga yo‘l qo‘ymagan penaltini o‘zi amalga oshirgandi. Lekin Kavani 11 metrlik nuqtadan xatoga yo‘l qo‘ygan.

Ko‘proq yangiliklar: