Qatar Asadga chaqiriq bilan chiqdi

Jahon 13:51 / 22.09.2017 14034

Qatar rahbariyati Bashar Asad rejimini Suriyadagi inqirozga yechim topish bo‘yicha tinch muloqot jarayonini qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.

«Asad Suriya bo‘yicha muzokaralarga mas'uliyatli yondashishi kerak», - degan Qatar TIV rahbari Muhammad bin Abdurahmon Al-Taniy Nyu-Yorkda.

Diplomatiya rahbarining aytishicha, Suriyadagi jinoyatlar ortida ham Bashar Asad rejimi, ham IShID terrorchilari turibdi.

Vazir Asad rejimini xalqaro huquq normalarini buzmaslik, oddiy fuqarolar hayotiga tajovuz qilmaslikka chaqirdi.

Al-Taniy Suriya bo‘yicha xalqaro komissiyaning mamlakat shimolidagi Xon-Shayxun aholi punktida ro‘y bergan kimyoviy hujumga doir xulosalariga e'tibor qaratgan.

Ko‘proq yangiliklar: