Eng ishonchli brauzer aniqlandi

Fan-texnika 15:20 / 22.09.2017 18347

Germaniyaning X41 D-Sec kompaniyasi mutaxassislari turli usullar bilan buzib kirishga asoslangan sinovlar natijasida eng ishonchli brauzerni aniqlashga muvaffaq bo‘lishdi. Test xulosalariga ko‘ra, Google Chrome eng xavfsiz brauzer deya tan olindi

Ma'lumotlarga ko‘ra, yangi sinovlarda Edge, Internet Explorer va Chrome brauzerlari ishtirok etgan. Ushbu brauzerlar tadqiqoti bilan X41 D-Sec kompaniyasi mutaxassislari shug‘ullanishdi. Sinovlar foydalanuvchilarning shaxsiy ma'lumotlari xavfsizligiga ixtisoslashgan. Natijada aynan Google Chrome hujumlarga qarshilik ko‘rsata oluvchi ko‘plab salohiyatli imkoniyatlarga ega ekani aniqlandi.

Mazkur brauzer alohida usullar tufayli kompyuteringizning fayl tizimiga kirishni butkul yopib qo‘yishga qodir. Mutaxassislarning qo‘shimcha qilishicha, ba'zi kengaytirishlardan foydalanib, Chrome'ni buzib kirish mumkin. 

Ko‘proq yangiliklar: