Boks bo‘yicha jahon chempioni Andre Uord faoliyatini yakunladi

Sport 00:29 / 22.09.2017 5969

Boks bo‘yicha yarim og‘ir vazn toifasida WBA, IBF, WBO versiyalari bo‘yicha jahon chempioni, amerikalik Andre Uord faoliyatini yakunlashini ma'lum qildi.

"Bugun boksni tark etayotib, buni cho‘qqida turib qilmoqdaman va bu hamisha orzuim bo‘lgan. Tushuntirib qo‘ymoqchiman,  men organizmim bu sportning qat'iy rejimiga boshqa bardosh bera olmayotgani sababli ketmoqdaman va shu tufayli menda boshqa jang qilishga ishtiyoq yo‘q. Agar men borimni bera olmasam, unda boshqa jang qilmasligim kerak", deb aytgan Uord.

Uord faoliyati davomida 32 ta jang o‘tkazib, ularning barchasini yutgan. U oxirgi ikki jangini Sergey Kovalyovga qarshi o‘tkazib, ikkalovida ham g‘olib bo‘lgan.

Ko‘proq yangiliklar: