Biz 6ta xato tufayli pul yo‘qotamiz

Light 20:46 / 22.09.2017 80160

Sizda pul yo‘q bo‘lishida kim aybdor ekanini bilasizmi? Haqiqatan u kimligini bilmoqchi bo‘lsangiz, oynaga boqing. Quyida siz qo‘l orasidan bir siqim qum kabi sizib ketayotgan pulni ushlab qolish yo‘llari haqida bilib olishingiz mumkin.

 

1. Rejalashtirilmagan xarajat

Har holda zaruriy xarid uchun bozor yoki supermarketga tez-tez tashrif buyursangiz kerak? E'tibor qilganmisiz, eshikdan chiqqaningizda umuman xayolingizda bo‘lmagan narsalarga to‘lib-toshgan yelim xalta qo‘lingizda paydo bo‘lib qoladi. Ko‘zga ko‘ringan, «balki ehtiyoj bo‘lib qolar» qabilida savatcha tushgan tovar yoki buyumlar kassa chizig‘ida sizning katta mablag‘ sarflab ketishingizga sabab bo‘ladi.

Tavsiya: Keraksiz va rejalashtirilmagan xarajatlardan qochish uchun belgilangan summadan ko‘pini hamyonda olib yurmang. Agar plastik kartochka orqali savdo qilishga odatlangan bo‘lsangiz, undan har kuni ma'lum miqdorda pulni naqdlashtirishga o‘rganing.

2. Talabdan ortiqcha xaridlar

Kishilar xarid qilmoqchi bo‘lgan narsalarini ba'zan talabdan ortiq sotib olishga o‘rganib qoladi. Masalan, zaruriyati yo‘q bo‘lgan oyoq kiyim uzoq paytgacha «egasiz» qolib ketishi mumkin. Umuman aytganda, o‘zining qiymati bo‘yicha xizmat qilmaydi. Bunday mantiq oziq-ovqat mahsulotlariga nisbatan ham qo‘llaniladi, chunki ko‘pchilik ochlik holatida ortiqcha xarid qilib yuboradi, ammo ularni hammasini birdaniga yeb qo‘ya olmaydi.

Tavsiya: Bundan avval xarid qilingan tovar va buyumlaringizni yana bir marta ko‘zdan kechiring. Ulardan yaroqli va «unutilganlarga» yana hayot baxsh etishingiz mumkin.

3. Daromadlarni yig‘ib borishning noto‘g‘ri yo‘li

Yoshligimizdan qolgan bir odatga ko‘ra, kattalar bergan naqd pulni yig‘ib borish uchun maxsus qutiga tashlanardi. Ammo bu harakatlarning oxiri bor va samaradorligi yuqori emas. Umuman uy sharoitida, an'anaviy tarzda pul yig‘ishning o‘zi foydasiz.

Tavsiya: Pul yig‘moqchi bo‘lsangiz, uni nimaga sarflashingizni aniqlab oling va kredit asosida hoziroq sotib oling. Endilikda pul yig‘ib borishga, albatta, majbursiz.

4. Pul bo‘lsa changalda sho‘rva

Ushbu shior asosida ish faoliyatini tartibga soluvchi inson uchun ko‘p pulni sarflash muammo emas. Negaki, u pulni ko‘proq sarflashi evaziga vaqt va kuchdan yutib qolmoqda. Katta xaridlarni amalga oshirib, bir qancha qadamlardan so‘ng yanada arzonroq narxdagi taklifni ko‘rib qolgan insonchi?

Tavsiya: Har qanday katta xaridni qilishdan avval shoshilmang, eng maqbul taklifni qidiring.

5. Ikkitasining narxiga uch dona xarid qiling

Savdo shoxobchalarda mavjud, kishini o‘ziga tez jalb etuvchi aksiya yozuvlari haqiqatan sizning foydangizni ko‘zlayotgandek. Ammo o‘ylab qaralsa, foyda sotuvchining o‘zida qoladi. Gap nechta sotib olayotganingiz va qiymati haqida ketar ekan, sizning talabingizdan oshiqcha emasmi, narx-navo baribir bitta qiymatga borib taqalmayaptimi, e'tibor qiling.

Tavsiya: Aktsiyaning balandparvoz shiorlariga berilishdan avval, sizga oshiqcha mahsulot kerakmi? Shu haqda o‘ylang.

6. Arzon sho‘rva tatimas

Siz bozor bo‘ylab eng maqbul taklifni qidirib, faqat arzon tovarga uchib ketmang. Sifatsiz, arzon mahsulot uni qayta-qayta sotib olishga majbur qiladi.

Tavsiya: O‘zingiz yaxshi tushunmagan qoida bo‘yicha o‘ynamang. Mutaxassis tavsiyasiga ish ko‘rib, xaridni amalga oshiring.

Ko‘proq yangiliklar: